Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank" aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank" aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini

chaqirish to'g'risida.

Xabarnoma

(masofadan)

 

Sizni, 2022 yil 30 iyun kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali bo'lib o'tadigan
AT "Aloqabank" aktsiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. AT "Aloqabank" aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. AT "Aloqabank"ning 2021 yil ish faoliyati yakunlari bo'yicha bank Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.

3. AT "Aloqabank"ning 2021 yil ish faoliyati yakunlari hamda
2022 yildagi ustuvor vazifalari to'g'risidagi bank boshqaruvi raisi hisobotini tasdiqlash.

4. AT "Aloqabank"ning 2021 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash.

5. AT "Aloqabank"ning 2021 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan auditorlik hisoboti va xulosasini tasdiqlash.

6. AT "Aloqabank"ning yillik hisoboti, milliy standartlar bo'yicha buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash.

7. AT "Aloqabank"ning 2021 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha olgan sof foydasini taqsimlash.

8. AT "Aloqabank"ning 2022 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik hisoboti va xulosasini tayyorlash uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

9. AT "Aloqabank" keyingi aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishigacha affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash.

10. AT "Aloqabank" Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.

11. AT "Aloqabank"ning taftish komissiyasi faoliyatini tugatish.

12. AT "Aloqabank"da 2021 yil yakunlari bo'yicha o'tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko'rib chiqish.

13. AT "Aloqabank"ning "tashqi auditorlarni jalb qilish siyosati" va "axborot siyosati", "AT "Aloqabank" Kuzatuv kengashi faoliyatini baholash qoidalari"ni tasdiqlash hamda "Kuzatuv kengashi a'zolariga to'lanadigan haq va kompensasiyalar to'g'risida"gi Nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.

14. AT "Aloqabank" va "Shanghai Construction Group Co., LTD" kompaniyasi o'rtasida 2019 yil 28 iyunda tuzilgan ALOQA/SCG-001-sonli shartnomaga qo'shimcha kelishuv to'g'risida ma'lumot.

15. AT "Aloqabank" tomonidan "umidsiz" aktiv sifatida tasniflanib, bank balansining "ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlariga o'tkazilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish to'g'risida.

16. AT "Aloqabank"ning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

17. AT "Aloqabank" Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.

AT "Aloqabank" Kuzatuv Kengashining 2022 yil 8 iyundagi yig'ilishi qaroriga asosan aktsiyadorlarni yillik umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida habardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi:
2022 yil 8 iyun.  Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2022 yil 24 iyun.

Yig'ilish qatnashchilarini ro'yxatga olish Internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2022 yil 30 iyun soat 9:00 da boshlanib 11:00 da to'xtatiladi.

Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma'lumotlar bilan bankning www.aloqabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so'rov yuborishingiz mumkin. Ma'lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67.

08-06-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.