O‘zbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumiga start berildi!

O‘zbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumiga start berildi!

O‘zbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o’rinbosari Akmal Saidov, Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari Rustam Karimjonov va Shveysariyaning O’zbekistondagi elchixonasi vakili Rahel Boesch ochib berdilar.

Bugungi forum 4 paneldan iborat bo’lib, ularda IT sohasidagi quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda:
* IT sohasida nega ko‘proq ayollarga ehtiyoj sezilmoqda? 
* IT ta’limda mavjud muammolar va muvaffaqiyat hikoyalari 
* IT olamida ayollar bandligini oshirish: muammo va yechimlar 
* IT’da muvaffaqiyatli karyera qilish 

Forum bo'yicha batafsil ma'lumot: http://itsm.uz

13-05-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.