AT «Aloqabank»da yangi raqamli texnologiyalar tizimi ishga tushirilmoqda.

AT «Aloqabank»da yangi raqamli texnologiyalar tizimi ishga tushirilmoqda. 

Joriy yilning may oyidan boshlab bank xodimlari tomonidan bank mijozlari o'rtasida bank mahsulotlaridan foydalanishning moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha seminar treninglar o'tkazilmoqda. Bugungi uchrashuv O'zMTRK xodimlari o'rtasida bo'lib o'tdi. 

Uchrashuv davomida bugungi kundagi bankning yangi raqamli texnologiyalari bilan tanishtirildi. 
Raqamlashitirish borasidagi erishilayotgan yutuqlar, nafaqat mijozlarning mablag‘larini himoyalash yo‘lida xizmat qiladi, balki ularning vaqti tejalishiga ham olib keladi.

Yaqin kunlarda AT "Aloqabank" tomonidan xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va soddalashtirish maqsadida, har bir mijozning ruxsati bilan Face ID texnologiyasi asosida identifikatsiya qilish tizimi ishga tushirilmoqda.

14-05-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.