INHA universitetida Pitch Day

Joriy yilning 13–14-may kunlari AT "Aloqabank",IT Park, AloqaVentures hamda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi hamkorligida “AloqaTech Lab” loyihasi doirasida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari bo‘yicha Pitch Day boʻlib oʻtdi.

Ma'lumotlarga ko'ra dasturga jami 386 ta ariza topshirildi, ulardan 81 tasi o‘z loyihalarini hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etdilar. Har bir loyiha uchun mahsulotlar taqdimotiga 3 daqiqa vaqt ajratildi, hakamlar hay’atining savollariga ham 3 daqiqa vaqt ajratildi.

“AloqaTech Lab” loyihasi doirasidagi Pitch kuni barcha ishtirokchilar uchun har biri o‘z maqsad va orzulari sari yana bir muhim qadam qoʻyadigan kunga aylandi.

Akseleratsiya dasturi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi loyihalar AloqaVentures fondi tomonidan 50 000 AQSh dollarigacha bo'lgan miqdorda moliyalashtiriladi.

 

13-05-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.