Eng ko'p beriladigan savollar
№ |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida eng ko’p uchraydigan savollar
|
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida eng ko’p uchraydigan savollarga javoblar (tushuntirishlar) |
1. |
Qachon valyuta noqonuniy bozorini bartaraf etish choralari ko’riladi? |
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to’lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, ushbu Qonunda ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno. Shu bilan bir qatorda, mazkur Qonunga binoan respublika hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklar orqali amalga oshiriladi. Banklardan tashqari valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki sotish O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi. Тa’kidlash joizki, mazkur qonun hujjatlarini buzgan aybdor shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli choralar ko’rib boriladi. Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-sonli Farmoniga asosan valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
|
2. |
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan xorijiy valyutalarni so’mga nisbatan kursi to’g’risidagi rasmiy ma’lumotlarni qanday olishimiz mumkin?
|
Хorijiy valyutalarni so’mga nisbatan kursi to’g’risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida (www.cbu.uz) joylashtirilib boriladi. Mazkur ma’lumotlarni elektron shaklda (Excel faylida) olish mumkin. Markaziy bankning saytidan olingan xorijiy valyutalarning kursi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy hisoblanadi va so’rovchi tomonidan mazkur saytdagi ma’lumotlar qayta tekshirilib olinishi mumkin. |
3. |
Milliy valyuta “so’m”ning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi qanday o’rnatiladi?
|
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo’yicha operassatsiyalar, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo’lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo’yicha amalga oshiriladi. O’z navbatida, valyuta bozoridagi talab va taklif darajasi hamda alamashuv kursining o’zgarishi mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat, xususan to’lov balansi, shu jumladan, tashqi savdo balansining holati kabi omillar ta’sirida shakllanib boradi.
|
4. |
Internet magazinlarda tovarlarni sotib olish uchun onlayn to’lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?
|
Internet «magazinlar»da tovarlarni xarid qilishda onlayn to’lovlarni xalqaro to’lov kartalaridan (masalan, VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Mazkur kartalar respublikamizning banklari tomonidan muomalaga chiqariladi.
|
5. |
Fuqarolar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini tushuntirib bering? |
Rezident–jismoniy shaxslarga tijorat banklar tomonidan chet el valyutasini xalqaro to’lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish banklarning konversion operassatsiyalar bo’limlari orqali amalga oshiriladi. Bunda, rezident–jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining konversion operassatsiyalar bo’limiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki O’zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet) mijozning nomiga ochilgan xalqaro to’lov kartasi hamda valyuta ayirboshlash operassatsiyalarini amalga oshirish uchun milliy valyutada bank hisob-raqamida eyetarli miqdorda pul mablag’lari mavjud bo’lgan shaxsiy bank kartasini taqdim etganda amalga oshiriladi. Rezident-jismoniy shaxslarning shaxsiy kartasida eyetarli miqdorda milliy valyutadagi mablag’ bo’lmagan taqdirda, shaxsiy karta emitent bankning istalgan filialida naqd milliy valyutani bank kassasiga topshirish orqali to’ldirilishi mumkin. Shaxsiy kartada milliy valyutadagi mablag’ eyetarli bo’lganda, rezident-jismoniy shaxs tomonidan bankka chet el valyutasini sotib olish uchun ariza orqali murojaat etiladi. Milliy valyutadagi mablag’ tijorat bankning operassatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo’yicha to’lov terminali orqali eyechib olinadi va rezident-jismoniy shaxsning xalqaro to’lov kartasiga o’tkazib beriladi. Bank va rezident-jismoniy shaxs o’rtasidagi munosabatlar chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochish bo’yicha ikki tomonlama shartnoma talablari asosida tartibga solinib, mazkur shartnomada xalqaro to’lov kartasidan foydalanish qoidalari ko’rsatiladi. |
6. |
Тashqi savdo operassatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (ТSOYaEAТ) yangi shartnomalar hamda ularga o’zgartirish kiritish tartibini tushuntirib bering? |
Тashqi savdo shartnomalari bo’yicha axborotlarni Тashqi savdo operassatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (ТSOYaEAТ) kiritish «EYe-Kontrakt» yoki «VED kontrakt» dasturlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu dasturlarda ishlash tartibi xizmat ko’rsatiluvchi bank tomonidan tushuntiriladi. Shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi banklar Тashqi savdo shartnomalari bo’yicha axborotlarni Тashqi savdo operassatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (ТSOYaEAТ) kiritishda ham yordam berishlari mumkin. |
7. |
Тashkilotimizning hisob raqamiga xorijiy tashkilotlardan beg’araz moliyaviy yordam kelib tushishi kerak. Ushbu mablag’larning tashkilotimiz hisob raqamiga o’tkazish tartibini tushuntirib bering? |
Qonunchilikka muvofiq beg’araz yordam oluvchilarning hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Тashqi iqtisodiy faoliyat milliyMilliy banki va «Asaka» akssiyadorlik tijorat banklarining zimmalariga yuklangan. Shu munosabat bilan, hisob raqamingizga xorijiy tashkilotlardan beg’araz yordam mablag’lari kelib tushganda O’zbekiston Respublikasi Тashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «Asaka» Asakaakssiyadorlik tijorat banklariga maxsus hisob raqam ochish uchun murojaat etishingiz zarur. O’z navbatida, kelib tushgan mablag’larni sizning maxsus hisob raqamingizga o’tkazish uchun yuqoridagi banklarga topshiriqnoma berishingiz lozim. |
8. |
Bizning tashkilotimiz xorijiy korxona bilan qarz shartnomasi imzoladi. Ushbu shartnomaga ko’ra tashkilotimiz hisob raqamiga xorijiy valyuta kelib tushishi lozim. Mazkur mablag’lar bizning bank hisob raqamimizga o’tkazilishi uchun nima qilishim kerak? |
Qonunchilikka muvofiq tashqi qarzni jalb etish bilan bog’liq valyuta operassatsiyasini amalga oshirish uchun talab qilib olguncha asosiy hisob raqam ochilgan bankka ariza, qarz shartnomasi va unga tegishli hujjatlarni topshirish lozim. Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan bo’lishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan bo’lsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qo’yilgan bo’lishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak. Yuqoridagi hujjatlar topshirilgandan so’ng bank qarz shartnomasi bo’yicha kelib tushgan mablag’larni korxonaning hisob raqamiga o’tkazadi. |
9. |
Men O’zbekiston Respublikasi fuqarosiman. Mening akam xorijdan pul o’tkazmasi (Western Union, MoneyGram va boshqalar) tizimi orqali nomimga pul yubormoqchi. Ushbu pul o’tkazmalarini xalqaro pul o’tkazmalari orqali olishimda to’siqlar mavjudmi? Mazkur mablag’larni xorijiy valyutada olsam bo’ladimi? |
Amaldagi qonunchilikka ko’ra jismoniy shaxslar O’zbekiston Respublikasiga olib kirilgan va jo’natilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilgan va jo’natilgan valyuta boyliklariga ega bo’lishi va ushbu valyuta boyliklarini erkin tasarruf etishi mumkin. Хalqaro pul o’tkazmalari jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday to’siqlarsiz amalga oshiriladi va xalqaro pul o’tkazmalari orqali yuborilgan pul mablag’lari yuborilgan xorijiy valyutada qabul qilinadi. |
10. |
Bizning tashkilotimizda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ishlashga ruhsat olgan chet el fuqarolari ishlaydi. Ular oylik maoshini milliy valyutada oladi va o’z faoliyati doirasida respublikaning turli viloyatlariga xizmat safarlarini amalga oshirishadi. Ularning mehmonxonada yashash haqqi bizning hisob raqamimiz orqali mehmonxonaning hisob raqamiga o’tkazilardi. Hozirda mehmonxonalar ishchilarimizning mehmonxonada yashash uchun to’lovni xorijiy valyutada amalga oshirishimizni so’rashmoqda. Mehmonxonalarning yuqoridagi talablari qonuniymi? |
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4861-sonli Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi hududida mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida xorijiy fuqarolarga hamda O’zbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega bo’lmagan, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga, joylashtirish bo’yicha xizmatlarga shu jumladan turizm faoliyati sub’ektlari orqali haq to’lash faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi, ular uchun to’lov respublikaning taklif etuvchi davlat va byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno. |
11. |
O’zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa sifatida olib boruvchi norezidentning ishchilari-jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga ish haqi uchun qarzdorlikni qoplash hisobidan xorijiy valyutadagi pul mablag’larini doimiy muassasa o’tkaza oladimi? |
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 oktyabroktabrdagi «Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to’g’risida»gi PF-1601-sonli farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan maosh va unga tenglashtirilgan to’lovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda to’lovlarni amalga oshirishlari qatiyan man qilingan. Mazkur to’lovlar O’zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek so’mlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisobvaraqlarga o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun to’lovlar yuqorida ko’rsatilgan to’lov shakllari bilan bir qatorda xorijiy valyutani ularning O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisobvaraqlariga o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. |
№ |
G'arb davlatlari tomonidan Rossiya va Belarussiya davlatiga nisbatan kiritilgan sanktsiyalarga doir |
1 |
OFAC tomonidan taqiqlovchi SDN ro'yxatga kiritilgan shaxslarni aniqlash uchun rasmiy saytlar ro'yxati va havolalari. 1) AQSh Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) rasmiy sayti: a) https://sanctionssearch.ofac.treas.gov, b) https://www.treasury.gov/ofac/downloads/sdn.xml 2) Yevropa Ittifoqi rasmiy sayti: https://sanctionsmap.eu/#/main, 3) Buyuk Britaniya tomonidan qo'llanilgan sanktsiyalarni aniqlash uchun: https://dilisense.com/en sayti orqali tekshirish mumkin.
|
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.