To'lovlarni qabul qilish

Toshkent shahri hamda Respublikaning barcha viloyat markazlarida bankning ko`ptarmoqli jamg`arma kassalari o`z faoliyatini yuritadi.

Bank jamg`arma kassalari joylashuvi, aholiga maksimal qulayliklar yaratishga asoslangan. Shuning uchun, Bank kassalari, Toshkent shahar aholi zich joylashgan tuman va kvartallarida hamda respublika viloyat markazlarida joylashgan. Boshqa banklarga nisbatan AT «Aloqabank» afzalligi bo`lib, bank kassalarining telefon bo`g`inlar, telegraf, Pochta bo`limi binosida, uyali aloqa kompaniyalari ofislarida joylashganligi hisoblanadi.
Toshkent shahar va Respublika hududlarida joylashgan Bank jamg`arma va maxsus kassalarida, siz:
  • "Billing" tizimi orqali telefon aloqasi xizmatini to`lay olasiz;

  • kommunal xizmatlarining barcha turlarini to`lashingiz mumkin;

  • pul mablag`ingizni omonatlarga qo`yishingiz mumkin;
  • Aloqabank va Respublikamizning boshqa banklari plastik kartochkalaridan operatsiyalarni bajarishingiz mumkin;
  • uyali aloqa operatorlar va Internet provayderlar xizmatini to`lashingiz mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan operatsiyalarni jamg`arma kassalarida amalga oshirganda xizmat haqi bank tarifiga asosan undiriladi.

Bundan tashqari AT «Aloqabank» kassalari orqali byudjetga to`lovlarni amalga oshirish mumkin:

  • soliqlarning barcha turlari;
  • davlat avtoinspeksiya jarimalari;
  • boshqa penya va jarimalar.

Ko`rsatilgan operatsiyalar naqd yoki plastik kartalar orqali amalga oshiriladi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.