Savdoni moliyalashtirish (postfin) xizmatlarini ko’rsatish

Savdoni moliyalashtirish (postfin) xizmatlarini ko’rsatish shartlari

Postfin xizmati miqdori - import shartnomasining tasdiqlangan akkreditiv asosida to’lanadigan qismi

Postfin muddati - 12 oygacha (asosiy qarzni har chorakda qaytarish sharti bilan)

Postfin xizmati bo’yicha belgilangan bank komissiyasi miqdori (akkreditiv, uni tasdiqlash bilan bog’liq barcha xarajatlar mijoz tomonidan qoplanadi) - yillik 10-12% (AQSh dollarida), 9-10% (Yevroda)

Savdoni moliyalashtirish (postfin) - qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan tovarlar importi bo’yicha tuzilgan tashqi savdo shartnomalarini xorijiy bank mablag’lari hisobidan moliyalashtirish

Postfin xizmatining asosiy sharti:

  • Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan import shartnomalarining to’lov sharti tasdiqlangan akkreditiv asosida bo’lishi
  • 12 oygacha (asosiy qarzni har chorakda qaytarish sharti bilan) bo’lgan muddatga ajratiladi

Postfin maqsadi:

  • Savdoni moliyalashtirish ya’ni:
  • Ishlab chiqarish asbob-uskunalari sotib olish uchun
  • Avtotransport vositalari sotib olish uchun

Taqdim qilinadigan hujjatlar:

  • Ariza
  • Biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma
  • Moliyaviy hisobotlar
  • Postfin ta’minoti hujjatlari

Postfin ta’minoti:

  • Bino-inshootlar
  • Avtotransport va/yoki maxsus texnika vositalari
  • Uchinchi shaxslarning kafilligi
  • Sug’urta polisi

Ta’minot hujjatlari:

Garov bo’lsa:

  • Mulkni baholash hisoboti
  • Kadastr hujjatlari, texpasport va/yoki texnadzor
  • Garovga qo’yish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni

Uchinchi shaxs kafilligi bo’lsa:

  • Kafil bo’layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
  • Auditor xulosasi
  • Kafillik berish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni
  • Ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnoma)

Sug’urta bo’lsa:

  • Sug’urta shartnomasi va polisi

Xizmat turidan foydalanuvchilar:

  • Tashqi savdo (import) bilan shug’ullanuvchilar

Akkreditiv ochish tartibi

Tashqi savdoni moliyalashtirish

06-03-2020

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.