Korporativ plastik kartalar
Milliy valyutadagi Uzcard и HUMO plastik kartalari
Milliy valyutadagi korporativ kartalar yuridik shaxslar va yuridik shaxs maqomisiz faoliyat yurutuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mo’ljallangan.
Korporativ kartalar quyidagi to'lovlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan:
- ish bo'yicha safar xarajatlari (chiptaga buyurtma berish, mehmonxona, restoran uchun haq to'lash va boshqa xarajatlar);
- qo'shimcha xarajatlar (chiqimlar);
- xo'jalik xarajatlari (umumiy iste'mol va korxona ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar);
- korxonaning asosiy faoliyati bilan bog'liq xarajatlar (mahsulotlar sotib olish, ko'rsatilgan xizmatlar uchun haq to'lash, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish va h.k.);
- korxona taqdimoti bilan bog'liq xarajatlar (sovg'alar, magazinlar, restoranlar va h.k.).
UnionPay Business korporativ kartalari
UnionPay International va Uzcard to’lov tizimlarining infratuzilmalarida qabul qilinadi.
Mazkur karta Yakka tartibdagi tadbirkorlarga mo’ljallangan.
Korporativ kartadan ham ichki bozorda ham, UnionPay International infratuzilmasi yordamida, dunyoning 175 dan ortiq davlat va mintaqalarda foydalanish mumkin, jumladan xorijiy davlatlarga xizmar safarlarida bankomatlar orqali naqd mablag’larni yechish.
VISA Classic korporativ kartalari
VISA Classic korporativ kartalar orqali xodimning xizmat safari xarajatlarini to’lash va korxona faoliyatiga doir to’lovlarni xorijiy davlatlar bilan bir qatorda O’zbekistonda ham amalga oshirish mumkin.
Korporativ kartalardan foydalanish afzalliklari:
- Xarajatlar ustudan nazoratni kuchaytiradi;
- Tashkilot xodimlariga ishlatilmay qolgan, xizmat safariga mo’ljallangan naqt shakldagi mablag’larni qaytarish zaruriyatining yoqligi;
- Karta hisobraqamidagi mablag’laridan kuni tun foydalanish imkoniyati;
- Bojxona ko’rigida pul mablag’lariga deklaratsiya tuzish shart emasligi;
- Bir necha kartalarni bitta hisobraqamga rasmiylashtirish imkoniyati;
- Internet tarmog’ida tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati;
- O’tkazilgan amaliyotlar bo’yicha SMS xabarnomasini olish;
Korporativ karta rasmiylashtirish kerakli hujjatlar ro’yxati:
- Korporativ karta va karta hisobraqamini ochish arizasi;
- Korporativ karta ochilayotgan xodimning passport nusxasi;
- Karta saqlovchisining anketasi.
Ish haqi loyihalari
Bank korxona va tashkilotlarga ish haqi va boshqa daromadlarni to'lashni plastik kartalar yordamida amalga oshirishni taqdim etadi. Buning natijasida, naqd pul mablag'lariga doir g'azna operatsiyalarini amalga oshirish, ularni saqlash va ko'chirish bilan bog'liq mablag'larni tejash hisobiga xodimlarga ish haqini to'lashga tegishli xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini beradi.
AT «Aloqabank» ish haqi loyihasining afzalliklari:
- oylik maoshlarni tashkillashtirish bilan bog`liq bo`lgan, xarajatlarni kamaytirish hamda naqd pulni olish, saqlash va ularni himoyalash - bu vazifalarni barchasini bank o`z zimmasiga oladi;
- naqd pulni tashish, qayta sanash va berish zaruriyatining yo`qligi;
- oylik maoshni berish jarayonida mashg`ul bo`lgan, korxonaning hisob va kassa bo`limlari ishlarining yengillashtirilishi;
- oylik maoshni markazlashgan holda hisobga yozish imkoniyati tug`iladi va oylikni berish uchun, mablag`ni inkassatsiya qilish zaruriyatidan xalos bo`lish;
- korxona xodimlari uchun bank kredit dasturi orqali ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli yechimi.
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.