Lizing operatsiyalari

AT «Aloqabank» o`z mijozlariga, uchinchi shaxs (sotuvchiga) keyin qaytarib sotib olish mulk summasini to`lash  - moliyaviy lizing - kreditlash turini taqdim etadi. Lizing – bu biznesga sarmoyalar kiritishning qulay shakli. Lizing evaziga sotib olingan ob’ektdan bir yula foydalanib, ob’ekt sotib olingan mablag‘ni ma’lum muddatda qaytarish sharti bilan mavjud biznesni kengaytirish, modernizatsiya qilish yoki faoliyatning yangi yo‘nalishini ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, texnika yoki avtotransportni sotib olish mumkin.

Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari uchun:

Lizing miqdori - Lizing ob’ekti qiymatining 70%i gacha

Lizing muddati - 3 yilgacha (asosiy qarzdan 6 oygacha imtiyozli davr)

Foiz stavkasi - Bazaviy stavka* + 4,0%

Taqdim qilinadigan hujjatlar:

  • Lizing buyurtmasi (ariza)
  • Biznes-reja
  • Moliyaviy hisobotlar
  • Lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma
  • Ta'sis hujjatlari
  • Lizingdan foydalanish va ta'minot taqdim qilish to'g'risida ta'sischilarning rozilik qarori
  • Boshqa zaruriy hujjatlar.

Lizing ta’minoti:

  • Lizing ob’ekti
  • Ko'char va ko'chmas mulklar garovi
  • Uchinchi shaxslarning kafilligi
  • Sug’urta polisi
  • Qonunchilikka muvofiq boshqa ta'minot turlari.

Lizing maqsadi:

  • Lizing ob’ekti (mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari)

Ta’minot hujjatlari:

Garov bo’lsa:

  • Mulkni baholash hisoboti
  • Kadastr hujjatlari, texpasport va/yoki texnadzor
  • Garovga qo’yish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni

Uchinchi shaxs kafilligi bo’lsa:

  • Kafil bo’layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
  • Auditor xulosasi
  • Kafillik berish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni
  • Ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnoma)

Sug’urta bo’lsa:

  • Sug’urta shartnomasi va polisi

*Bazaviy stavka har oyda AT "Aloqabank" Likvidlikni boshqarish qo'mitasi tomonidan belgilanadi. 2021 yil yanvar oyi uchun Bazaviy stavka = 21,0%

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.