Kreditlash
AT "Aloqabank" korporativ mijozlarni milliy va xorijiy valyutada kreditlash bo`yicha keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim etadi. Kreditlash xizmatlarini taqdim etayotganda, bank balansini likvidliligini va riskning ma'qul darajasini saqlab turish, kredit operasiyalaridan tushgan daromadlarning kerakli darajasini ta'minlash tamoyiliga asoslanadi.
AT "Aloqabank" turli xil muklchilik shakldagi kichik va yirik biznes korxonalariga, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga ham, kreditlar ajratadi.
Kreditni taqdim etishning asosiy mezoni, kredit oluvchining kreditni to`lash uchun haqiqiy manbalarning mavjudligi hisoblanadi.
Har bir kredit oluvchi shaxsga nisbatan, kredit bitimining tuzilishiga qarab, alohida o`ziga xos yondashuv qo`llaniladi, kredit oluvchilarga kreditlashning optimal shaklini tanlash uchun konsultasiya yordami ko`rsatiladi.
Kreditni taqdim etish uchun muhim shartlar quyidagilar hisoblanadi:
- barqaror moliyaviy holat;
- kredit oluvchining to`lash qobiliyati;
- hisob raqamlariga barqaror kirimlar;
- muvaffaqqiyatli ishlab chiqarish;
- xo`jalik faoliyatining tajribasi.
Kreditlash muddatlari
AT «Aloqabank» Mijozlarga quyidagi muddatlarga kreditlar ajratadi:
- qisqa muddatli kreditlar (1 yildan ko`p bo`lmagan muddatga);
- uzoq muddatli kreditlar (1 yildan ortiq bo`lgan muddatga).
Kreditlar garovi
Ajratilgan kreditlar garovi sifatida Bank quyidagilarni qabul qiladi:
- ko`chmas mulk garovi;
- bank kafilliklari, kafolatlari;
- sug'urta polisi;
- asbob-uskuna, transport vositalar garovi;
- mulkiy huquqlar garovi.
Kerakli hujjatlar
- kredit arizasi;
- biznes reja, texnik-iqtisodiy asos (mijoz hisob raqamiga kelib tushadigan pul oqimlarini ko'rsatgan holda);
- oxirgi hisobot davriga buxgalteriya balansi (1-shakl);
- debitorlik va kreditorlik qarzdorligi tog'risida ma'lumot (2a-shakl);
- moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl)
- ta'sis hujjatlari;
- kredit ta'minotiga oid hujjat.
Kreditlar foiz stavkalari, kredit mahsulotining turi, kreditlash muddati va kredit valyutasiga qarab belgilanadi.
12-01-2016Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.