Hisobraqam yuritish

 

AT «Aloqabank» yuridik shaxs va Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochishni oson va qulay shartlarini taklif qiladi. Bank mijozlarning topshiriqnomalariga asosan ularning milliy va chet el valyutasidagi hisobraqamlari bo’yicha barcha amaliyotlarni tezkorlik bilan amalga oshiradi.  

Milliy va Chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

I. Yuridik shaxslar uchun:

  • Hisobraqam ochish uchun ariza
  • Ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma nusxasi
  • Imzolar namunalari tushirilgan kartochka
  • Pasport nusxalar (direktor, buxgalter)

II. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:

  • Hisobraqam ochish uchun ariza
  • Ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma nusxasi
  • Imzolar namunalari tushirilgan kartochka
  • Pasport nusxalar

Chet el valyutasida hisob-raqamlari bo'yicha xizmat ko'rsatish

  • Chet el valyutasida hisobraqamlar ochish va yuritish
  • Mijoz rekvizitlari to'g'risida bildirish xatini taqdim etish
  • Mijozlardan xorijiy valyuta sotib olish uchun arizalarni qabul qilish va ko'rib chiqish
  • Mijoz murojaatiga ko'ra bajarilgan amaliyotlar yuzasidan ma'lumotlarni berish
  • SWIFT
  • Hisob-raqamlarni yopish

* Bank tomonidan taqdim etilgan yuqoridagi xizmatlar uchun komissiya bankning amaldagi tarifiga asosan undiriladi.

08-02-2020

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.