Bank kafolati
Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat (kafolat). Bank xizmatlarining ushbu turi mijozning kontragentlar va boshqa banklar oldidagi majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi.
Kafolatlarni berishda mijoz bilan shartnoma tuziladi, unda bank kafolatini berish tartibi, uning shartlari, to‘lov shartlari va tomonlarning o‘zaro majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ayrim hollarda ushbu shartnoma kredit shartnomasiga o‘xshab ta’minotni talab qiladi. Bank kafolatini olish uchun mijoz bankka kredit olish uchun o‘rnatilgan ro‘yxatga ko‘ra hujjatlarni taqdim etadi.
Bank kafolati
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari uchun:
Kafolat miqdori - Shartnoma summasidan kelib chiqqan holda
Kafolat muddati - Shartnoma muddatlaridan kelib chiqqan holda
Foiz stavkasi - Shartnomaga asosan (har chorakda 1,0%)
Kredit ta’minoti:
- Depozit garovi
- Ko'char va ko'chmas mulklar garovi
- Sug’urta polisi
- Qonunchilikka muvofiq boshqa ta'minot turlari.
Taqdim qilinadigan hujjatlar:
- Bank kafolati buyurtmasi (ariza)
- Biznes-reja
- Moliyaviy hisobotlar
- Oxirgi moliyaviy hisobot yiliga auditorlik xulosasi
- Ta'sis hujjatlari
- Bank kafolatini olish va ta'minot taqdim qilish to'g'risida ta'sischilarning rozilik qarori
- Boshqa zaruriy hujjatlar
Ta’minot hujjatlari:
Garov bo’lsa:
- Mulkni baholash hisoboti
- Kadastr hujjatlari, texpasport va/yoki texnadzor
- Garovga qo’yish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni
Sug’urta bo’lsa:
- Sug’urta shartnomasi va polisi
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.